Yangilandi: Eronning yangi rahnamosi tirikmi, hamda "ko‘ngilxushlik" uchun hujum qilayotgan Tramp

Surat manbasi, Getty Images
Isroil Qurolli kuchlari Eronning g‘arbidagi nishonlarga keng ko‘lamli hujumlarni amalga oshirayotganini aytmoqda.
Saudiya Arabistoni o‘z hududida 26 ta Eron dronini urib tushirganini aytti. Bu asosan poytaxt Riyod va sharqiy viloyatlarda yuz bergan.
Soat 03:30 da Birlashgan Arab Amirliklari o‘z havo mudofaasi tizimlari Erondan uchirilgan raketalarga qarshi ishga tushirilganini e’lon qildi. Shanba kuni uning sharqiy qirg‘og‘idagi yirik neft terminaliga ega bo‘lgan Fujayra bandargohiga qilingan hujum yong‘inni keltirib chiqargandi.
Dam olish kunlarida AQSh o‘z xodimlari va ularning oilalarini Ummondan chiqib ketishga chaqirdi.
Quvayt ham yakshanba kuni beshta Eron dronlarini urib tushirganini bildirdi.

Surat manbasi, Getty Images
Ayni damda Isroilning o‘ziga ham Eron hujumlari shikast yetkazishda davom etyapti.
Tel-Avivdagi BBC muxbirlari guvoh bo‘lganidek, shahar chekkasida bir mashina yonib ketgan va havoga tutun burqsib chiqayotganini ko‘rish mumkin.
Isroil sog‘liqni saqlash vazirligi oxirgi 24 soat ichida 108 kishi jarohatlar bilan kasalxonaga qabul qilingan.
G‘alaba nimani anglatadi? BBC ning Riyoddagi muxbiri Frank Gardner
Ikkita narsa Eron foydasiga ishlayapti: jug‘rofiya va chidamlilik.
Ehtimolki, Oq uy bu ikkita narsani yetarlicha jiddiy qabul qilmagan.
Albatta, Eron AQSh armiyasining harbiy qudratiga bas kela olmasligiga shubha yo‘q edi.
Lekin, bu urushdagi g‘alabani Eronda nechta joy bombalangani va necha qo‘mondonlar o‘ldirilgani bilan o‘lchash ushbu masalaga noto‘g‘ri yondoshishni anglatadi.
Bu urush tirik qolish haqida.
O‘z aholisi orasida o‘ta kam dastakka ega bo‘lsa-da, Erondagi Islomiy rejim bu urushda yashab qolsa, buning o‘zi uning uchun g‘alaba bo‘ladi.
AQShning o‘z bahaybayt harbiy qudrati bilan Eronni tiz cho‘kdirish umidlari puch bo‘layotgan ko‘rinadi.
Uning ustiga, jug‘rofiy manfaatli bir yo‘lda, Eron o‘z qirg‘oqlari bo‘ylab Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tadigan neft tashuvchi kemalarni qisman to‘xtatib qo‘ygani global neft bozorini qiyin ahvolga solib qo‘ydi.
Xomanaiy tirikmi?

Surat manbasi, EPA
Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chining aytishicha, yangi Oliy ruhoniy Mujtaba Xomanaiyning «salomatligi yaxshi» va u «vaziyatni to‘liq nazorat qilyapti».
Marhum Ali Xomanaiyning o‘g‘li Mujtaba Xomanaiy 8 martda Eronning yangi rahnamosi deya tayinlanishi ortidan ommaga ko‘rinish bermagan.
Uning ilk bayonoti 12 martda televizion boshlovchi tomonidan o‘qib eshittirilgandi.
Arag‘chining aytishicha, Eron «urushning adolatli yakun topishiga yetaklovchi barcha mintaqaviy tashabbuslar»ga ochiq, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi esa «AQSh va uning ittifoqchilaridan tashqari barchaga ochiq».
Unga ko‘ra, hozircha urushni yakunlashga qaratilgan aniq tashabbuslar ilgari surilmagan.
End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Shanba kungi intervyusida AQSh Prezidenti Donald Tramp Eron kelishishga urinayotgani, ammo uning o‘zi buni istamayotganini aytgan.
«Shartlar bizga to‘g‘ri kelmaydi», - dedi Tramp, ammo bu shartlar nima ekaniga aniqlik kiritmadi.
Tramp, shuningdek, Eron neftь eksporti uchun muhim sanalgan Xarg orolini «butkul vayron» qilganini aytdi, va «unga yana bir necha bor zarba bersak kerak, shunchaki ko‘ngilxushlik uchun», deya qo‘shimcha qildi.
Prezident Tramp boshqa mamlakatlarni ham Eron urushiga tortmoqchimi?
Prezident Tramp qator mamlakatlarni AQSh bilan birga Ho‘rmuz bo‘g‘oziga kemalar yuborishga chaqirdi.
AQSh prezidenti Truth Social platformasidagi postida "Eronning bo‘g‘ozni yopish harakatlariga" qaramay, "u yoki bu yo‘l bilan biz tez orada, baribir, Ho‘rmuz bo‘g‘ozini OChAMIZ, XAVFSIZLAShTIRAMIZ va OZOD QILAMIZ", deb ta’kidladi.
Donald Tramp, xususan, Xitoy, Frantsiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniya ham bu muhim suv yo‘lagiga o‘z harbiy kemalarini yuborishiga umid qilayotganini yozdi.
Oldinroq Eron rahbariyati Ho‘rmuzni bo‘g‘ozini to‘sishga ahd qilganini bildirgandi.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi - neft va suyultirilgan gaz ortilgan kemalar o‘tadigan muhim suv yo‘lagi.
Aynan AQSh-Isroilning Eron bilan urushi va Ho‘rmuzdagi vaziyat ortidan dunyoda neft narxlari oshib ketdi.
Yaqin Sharq bo‘ylab ko‘kka tutun o‘rlamoqda

Surat manbasi, Getty Images
Yaqin Sharq bo‘ylab hujumlar davom etmoqda.
Eron hukumatiga ko‘ra, o‘tgan ikki hafta davomida 200 nafardan ko‘p talaba va o‘qituvchi o‘ldirilgan, 120ta maktab katta zarar ko‘rgan.
Isroil harbiylari Eronning bir necha yangi hujumlarini aniqlashganini aytishgan. Quddusda sirenalar ovozi eshitilgan.
Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra porti dron hujumiga tutilgan.
Mintaqadagi eng yirik bu neft ombori majmuasi uzra osmonni qora tutun qoplagan.
Ayni paytda, Hamas Eronni Forz Ko‘rfazidagi davlatlarga raketa va dron hujumlari qilmaslikka hamda arab qo‘shnilariga hamlalarini to‘xtatishga chaqirgan.
Livan janubidagi Sidon hududiga Isroil qilgan hujum ortidan esa ko‘p qavatli turar-joy binosi yong‘in ichida qolgan.
Isroildagi odamlar yashovchi mavzelar ham so‘nggi hujumlarda zarar ko‘rgan.
Hujum oqibatida Isroil markazidagi Shohamda bir bino tomi butkul vayron bo‘lgan.

Surat manbasi, shutterstock

Surat manbasi, EPA/shutterstock
Iroqdagi AQSh elchixonasiga hujum

Surat manbasi, Getty Images
Iroq poytaxti Bag‘doddagi AQSh elchixonasi raketa bilan urilgan. Ilk videolarda hujumdan keyingi yong‘in va osmonga o‘rlagan tutunni ko‘rish mumkin.
Ayni paytda, Prezident Tramp Eronning eng muhim neft orolidaggi "har bir harbiy nishon butkul yakson qilinganini" aytmoqda.
Ammo neft infratuzilmasi zarar ko‘rmagan.
Xarg - mitti orolcha, ammo u Ko‘rfazdagi muhim strategik ahamiyatga ega terminal sanaladi.
Eron ham tahdidli bayonot bilan chiqdi.
Tehronga ko‘ra, agar Eronning energiya inshootlariga hujum qilinsa, u holda AQSh bilan hamkorlik qiladigan shirkatlarning neft va energiya infratuzilmalari "kultepaga aylantiriladi".
Shu qatorda, Yaqin Sharq bo‘ylab zo‘ravonliklar tingani yo‘q. Eron va Isroil bir-birini yangi hujumlar bo‘lishidan ogohlantirmoqda.
Isroilning Livanga hujumida esa kamida 12 nafar shifokor o‘ldirilgan.
Ikki nafar mulozimning BBC hamkori bo‘lgan CBS News kanaliga aytishicha, AQShning Yaqin Sharqqa qo‘shimcha harbiylar va jangovor kemalarni joylashtirishi kutilmoqda.
13 Mart: AQSh-Isroilning Eron bilan urushida nimalar bo‘lmoqda?

Surat manbasi, ANDERS WIKLUND/TT News Agency/AFP via Getty Images/illyustrativ

Surat manbasi, SAUL LOEB / AFP via Getty Images
AQSh Mudofaa vaziri shu soatlarda Pentagonda matbuot anjumani berdi.
Pit Hegset bugun Eronga kuchli zarba berishni va’da qildi.
U Eron yangi Oliy ruhoniy rahbarining taqdiriga oydinlik kiritgandek ham bo‘ldi.
AQSh Mudofaa vaziriga ko‘ra, Mojtab Xomanaiy yashiringan, yaralangan va mayib bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin.
Hegsetning ayni mazmundagi bayonotiga rasmiy Tehronning munosabati ma’lum emas.
BBC ning AQSh Davlat departamentidagi muxbiri Tom Beytmanning aytishicha, ayrim mahalliy ommaviy axborot vositalarida kuchayib borayotgan tanqidiy fikrlash fonida AQSh Mudofaa vaziri urushni oqlashga urinayotgandek tuyulgan.
Xegset boshidanoq ommaviy axborot vositalari bilan qarama-qarshilikka borgan, matbuot AQSh va Isroil "Eron armiyasini yo‘q qilayotganini" tan olishi kerakligini bayon qilgan.
Uning asabiy holati AQSh ma’muriyati bosim ostida ekanligining belgisi sifatida ham ko‘rilgan.
Bundan avval Donald Tramp AQSh Eron rejimini "butunlay yakson etayotganligi"ni bildirgan.
Bugun, juma kuni urushda "nimalar yuz berishini kuzatib turish"ga chaqirgan.
AQSh prezidenti bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida post qoldirgandi.
AQSh uchog‘i quladi
AQShning tanker uchog‘i Eronga qo‘shni Iroqda halokatga uchradi.
Hodisaning Iroq g‘arbida yuz bergani aytildi.
Bu so‘nggi soatlarda sarlavhalarga chiqqan yangilikka aylandi.
O‘zbekistonda ham e’tiborga tushdi, yoritildi.
KS-135 halokati AQSh va Isroil Eron bilan urushayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi.
Ammo AQSh tomoni ikki uchoq ishtirokidagi halokatga na-da dushman va na-da yanglish otilgan o‘t sabab bo‘lganini aytdi.
Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlarini borayotganini bildirdi.
Iroqdagi Eronni qo‘llovchi guruhning bayon qilishicha, bu o‘zlarining ishlari bo‘lgan.
Guruhga ko‘ra, Iroqning "suvereniteti"ni himoya qilish maqsadida AQSh uchog‘ini urib tushirgan.
Xabar tafsilotlari kelishda davom etmoqda.
Ilk qurbon
Frantsiya tomonining bayon qilishicha, AQSh va Isroilning Eron bilan urushida o‘zining ilk qurbonini bergan.
Iroqning Erbilidagi dron hujumida bir frantsuz harbiysi halok bo‘lgan. Yana bir qanchasi yaralangan.
Uning o‘limini Frantsiya Armiyasidan tashqari prezidentining o‘zi ham shaxsan tasdiqlagan.
Yangi amaliyot
Isroil tomonining ma’lum qilishicha, Eronga qarshi o‘zining "keng ko‘lamli hujumlari"ni boshlagan.
Poytaxt Tehronning infratuzilmasiga zarba berishga kirishgan.
Bungacha yana "Hizbulloh"ning Livan janubidagi mave’larini nishonga olgan.
Poytaxt Bayrutni ham e’tibordan chetda qoldirmagan.
Isroil Bosh vaziri esa so‘nggi urush manzarasida ilk bor matbuot anjumani bergan.
Binyamin Netanyahu Isroil va AQSh Eron va "Hizbulloh"ni yakson etganligini bayon qilgan.
Uning bu bayonotiga rasmiy Tehronning ham, Eron qo‘llashi aytib kelinuvchi mazkur guruhning munosabati ham hozircha ma’lum emas.
Yangi Oyatulloh qaerda?

Surat manbasi, AFP via Getty Images
So‘nggi soatlarda Eron yangi Oliy rahbarining qaerda ekani xabarlarda e’tibor topgan nuqtalardan biriga aylangan.
Mojtab Xomanaiyning otasi o‘limidan keyin ko‘rinish bermayotgani uning sog‘-omon ekani yoki yo‘qligiga oid gap-so‘zlarga turtki bergan.
Kecha, payshanba kuni uning yangi Oyatulloh sifatida xalqqa ilk murojaati o‘qib eshittirilgan.
U murojaatida AQSh va Isroil hujumlarida qurbon bo‘lganlar uchun qasos olishni va’da qilgan.
Strategik jihatdan o‘ta muhim Xo‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi davom etishini ham aytgan.
Mamlakat Tashqi vaziri muovini esa, Eron Xo‘rmuz bo‘g‘ozini minalamayotganini bildirgan.
Majid Taxt-Ravonchi bu haqda "Frans-Prss" axborot agentligi bilan suhbatida aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehron bo‘g‘ozdan ba’zi davlatlar kemalarining o‘tishiga ruxsat bergan.
Eron Iroq sohillaridagi ikki neft tankeriga uyushtirilgan hujumga mas’uliyatni ham o‘z zimasiga olib chiqqan.
Hozirgacha hodisada bir kishining qurbon bo‘lgani ma’lum.
Eron yangi Oliy ruhoniy rahbari o‘zlariga qo‘shni davlatlardagi AQSh bazalariga hujumlari davom etishini ham bildirgan.
Rossiya yutdimi?

Surat manbasi, Hristo Rusev/Getty Images
AQSh Rossiya neftiga qo‘llangan sanksiyalarni yumshatdi.
Rossiya nefti va neft mahsulotlari oldi-sotdisiga qo‘yilgan taqiqni bir oyga bekor qildi.
Xabarlarga ko‘ra, bunga neft qiymati va ta’minoti bilan bog‘liq xavotirlar sabab bo‘lgan.
Yengillik faqat ochiq dengizdagi tankerlarda bo‘lgan neftnigina nazarda tutishi aytilmoqda.
So‘nggi Eron urushi ham neft narxini keskin ko‘tarib yuborarkan, bundan aynan Rossiya yutishi, bu Ukrainaga qarshi urushida uni yanada kuchaytirishiga oid xavotirlar bor.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post, 1
O‘zbekistonliklar hanuz qaytarilmoqda

Surat manbasi, Giovanni Mereghetti/UCG/Universal Images Group via Getty Images
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati yangi bildirishnoma bilan chiqqan.
Matbuot xizmatiga ko‘ra, 13 mart kuni soat 07:00 holatiga ko‘ra, Yaqin Sharqdan qaytarilgan o‘zbekistonliklar soni 32934 taga yetgan.
Vazirlik O‘zbekiston fuqarolarining xavfsiz tarzda Vatanga qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha diplomatik vakolatxonalar faoliyati davom etayotganligini ham bildirgan.
Yana qancha sondagi O‘zbekiston fuqarosi Yaqin Sharqda qolayotgani hozircha ma’lum emas.
Aksariyat Yaqin Sharq davlatlari o‘zbekistonliklar ziyorat, sayohat va tijorat ilinjida ko‘p borayotgan mamlakatlar sirasiga kirishadi.

Surat manbasi, AFP/Getty Images
Eronning yangi Oliy ruhoniy rahbari bayonoti davlat televideniesida o‘qib eshittirildi
Eronning yangi Oliy ruhoniy rahbari Mujtabo Xomanaiyning bayonoti davlat televideniesida o‘qib eshittirildi. Bu- uning otasi, Oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘limidan keyin uning o‘rniga tanlanganidan so‘ng qilgan ilk murojaati.
Bi-bi-si fors xizmatiga ko‘ra, Xomanaiy «Hormuz bo‘g‘ozini to‘sib qo‘yish dastagi» Eron tomonidan hali ham qo‘llanilishi kerakligini aytgan.
U, shuningdek, Eron qo‘shni davlatlar bilan «do‘stlik» siyosati olib borishini aytdi, ammo ularga Amerika harbiy bazalarini yopishni maslahat berdi. Uning aytishicha, Eron bu bazalarga hujum qilishni davom ettiradi.
Mujtabo Xomanaiy Eron «o‘ldirilgan eronliklar qoni uchun qasos olishdan» hech ikkilanmasligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ayniqsa Minab shahridagi holatga taalluqli. U yerda maktab yaqiniga qilingan zarba natijasida 168 kishi halok bo‘lgan, ularning taxminan 110 nafari bolalar bo‘lgan.
Eron maktabga AQSh raketasi zarba berganini aytmoqda. AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset o‘tgan hafta BBC muxbiri Tom Beytmanga bu holat tekshirilayotganini aytgan.
Mujtabo Xomanaiy 8-mart kuni Eronning yangi oliy ruhoniy rahbari deb e’lon qilingan.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post, 2
U 28-fevral kuni AQSh va Eron o‘rtasidagi urushning birinchi kunida tayinlanganidan, halok bo‘lgan , Oyatulloh Xomanaiyning vorisi hisoblanadi.
Tayinlanganidan beri u davlat televideniesida ko‘rinmagan va uning murojaati teleboshlovchi tomonidan o‘qib eshittirilgan.
Mujtabo Ali Xomanaiyning ikkinchi o‘g‘li. U uzoq vaqtdan beri otasining ehtimoliy vorislaridan biri sifatida ko‘rib kelingan, ammo odatda ko‘zga ko‘rinmasdan, sahna ortidan ta’sir o‘tkazuvchi shaxs sifatida tanilgan.
AQSh–Isroil zarbalari natijasida uning otasidan tashqari onasi va rafiqasi ham halok bo‘lgan.
Eron davlat televideniesi uni «Ramazon urushi veterani» deb atagan, ammo u jarohat olgan-olmagani haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.
Reuters agentligi nomini oshkor qilmagan eronlik amaldorga tayanib, u «engil jarohat olgan» bo‘lishi mumkinligini xabar qilgan.
Isroil Eronga qarshi "keng ko‘lamli" hujumlarni amalga oshirmoqda
Isroil Mudofaa kuchlari Telegram kanalidagi bugungi postida aytilishicha, zarbalar butun mamlakat bo‘ylab Eron rejimi infratuzilmasiga qaratilgan.
Yaqin Sharq bo‘ylab tungi zarbalardan ko‘rilgan talofatlar

Surat manbasi, AFP/Getty Images

Surat manbasi, Reuters
Bahrayn ichki ishlar vazirligi mamlakatda signalizatsiya tizimi ishga tushirilganini ma’lum qildi. Uning X-dagi postida shunday deyilgan: "Biz fuqarolar va aholini xotirjamligini saqlashga, eng yaqin xavfsiz joyga borishga va rasmiy kanallar orqali yangiliklarni kuzatishga chaqiramiz".

Surat manbasi, Reuters
Isroil Livandagi halokatli zarbalardan so‘ng yangi evakuatsiya haqida ogohlantirdi
Isroil Livanning Baalbek mintaqasidagi Qasr Naba aholisini hududni evakuatsiya qilish uchun shoshilinch ogohlantirdi. Isroil harbiylari "yaqin vaqt ichida terrorchi Hizbullohga tegishli harbiy infratuzilmaga hujum qiladi", dedi Isroil arab matbuot kotibi Avichay Adrai.
Ogohlantirish Isroil harbiylari kechada Bayrutga bir qator zarbalar berganidan keyin berilgan. Bu zarbalar to‘lqini davomida u Bayrut janubidagi Hizbullohning 10 ta binosiga zarba berganini aytmoqda.
Bayrutdagi muxbirimiz Uayr Deyvis avvalroq Bayrut dengiz bo‘yida uyushtirilgan zarbada sakkiz kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Surat manbasi, Reuters
End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Dubayning ko‘p qavatli binosiga uchuvchisiz dron urilgan
Payshanba kuni ertalab Dubaydagi ko‘p qavatli binoda katta teshik paydo bo‘lgan, mahalliy hukumat dron "bino ustiga qulagani" haqida xabar berganidan keyin tasvirlangan.
Xabar qilinishicha, dron qayerdan kelgani aniq emas. Chorshanbaga o‘tar kechasi Dubay hukumati OAV idorasi Dubay Krik bandargohi yaqinidagi hodisaga munosabat bildirganini aytdi.
Neft narxi hali hamma bilganidan ham ko‘proq tushadi
Bi-bi-si tomonidan tasdiqlangan videoda bino ichiga alanga tushgani aks etgan. Payshanba kuni ertalab Dubay hukumati OAV yong‘in nazoratga olingani va jabrlanganlar haqida xabar berilmaganini aytdi.

Urush boshlanganidan beri kemalarga o‘n olti marta hujum bo‘lgan, deya xabar beradi UKMTO
Buyuk Britaniya dengiz savdosi operatsiyalari markazi (UKMTO) ma’lumotlariga ko‘ra, tunda mintaqada yana uchta yuk kemasiga hujum uyushtirilgan.
Urush boshlan kungan, 28-fevraldan beri, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘rfaz, Hormuz bo‘g‘ozi va Ummon ko‘rfazida kemalarga 16 ta hujum uyushtirilgan. UKMTO ma’lumotlariga ko‘ra, mojaro paytida "shubhali harakat" haqida to‘rtta xabar ham bor.

Surat manbasi, ROYAL THAI NAVY
Neft narxi "hamma bilganidan ham ko‘proq tushadi", deydi Tramp

Surat manbasi, Reuters
Xabar qilganimizdek, neft narxi AQSh-Isroilning Eron bilan urushi paytida allaqachon oshgan edi. Endi u yana ko‘tarildi.
Ammo kecha Kentukki shtatida o‘z tarafdorlari bilan suhbatda AQSh prezidenti Donald Tramp kechagi 32 davlatning neft zaxiralaridan foydalanish haqidagi qarori "neft narxini sezilarli darajada pasaytiradi" dedi. Avvalroq Tramp Sinsinattidagi biznesini aylanib chiqayotib, neft narxining o‘zgarishini "urush masalasi" deb atadi.
"Narxlar sezilarli darajada pasaymoqda", dedi u. "Neft narxi tushadi. Bu kechayotgan urush masalasi. Buni deyarli bashorat qilish mumkin edi. Men buni kutganimizdan bir oz kamroq deb aytardim. Neft narxi hali hamma bilganidan ham ko‘proq tushadi".
Keyinroq u Qo‘shma Shtatlar Hormuz bo‘g‘oziga "juda jiddiy qarashini" aytdi va shunday qo‘shimcha qildi: "Bo‘g‘ozlar ajoyib holatda. Biz ularning barcha qayiqlarini yo‘q qildik. Ularda bir qancha raketalar bor, lekin ko‘p emas".






























