Rossiya Eron urushidan foyda ko‘rmoqdami? Tramp nega yana Zelenskiyni tanqid qildi?

Surat manbasi, EPA
Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiyga ko‘ra, Rossiya Yaqin Sharqdagi urushdan foydalanib Ukrainada «yanada kattaroq vayrongarchilik» chiqarishga urinmoqda.
Uning aytishicha, boshqa joylarda nima bo‘layotganidan qat’iy nazar, Ukraina raketalardan himoya qiluvchi tizimlarga muhtoj.
Hozirda ko‘plab havo mudofaasi tizimlari AQSh-Isroilning Eron bilan urushiga jalb qilingan.
Kievga ko‘ra, Yakshanbaga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi Ukrainaga turli xil uchuvchisiz qurilmalar bilan 97 ta hujum uyushtirgan, ularning taxminan 70 tasi urib tushirilgan.
Havo kuchlari Rossiyaning "Shahed" kabi dronlar bilan hujumlari davom etayotganini aytmoqda.
Shanba kuni kunduzi Rossiya harbiylari Zaporijya shahriga to‘rtta boshqariladigan aviabomba bilan zarba berdi. Natijada 19 kishi jabrlangan, bir erkak halok bo‘lgan, deb xabar berdi viloyat ma’muriyati.

Surat manbasi, Иван Фёдоров/Telegram
Hokimlikka ko‘ra, 12 ta ko‘p qavatli uy va 12 ta xususiy uy, infratuzilma ob’ekti hamda avtomobillar zarar ko‘rgan. Vayronalar orasidan ikki kishi qutqarib olingan.
Xabarda aytilishicha, jabrlanganlar orasida uch nafar bola ham bor.
Ayni damda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, shanba kuni soat 21:00 dan yakshanba kuni soat 07:00 gacha Rossiya havo mudofaa kuchlari 170 ta Ukraina dronini "tutgan va yo‘q qilgan".
Rossiya harbiy idorasi ma’lumotiga ko‘ra, 20 ta dron Moskva tomon uchib kelayotgan bo‘lgan. Kun davomida va kechqurun shahar hokimi Sergey Sobyanin poytaxtga yaqinlashgan paytda 65 ta uchuvchisiz qurilma urib tushirilgani haqida xabar bergan.
Volgograd gubernatori ham yakshanbaga o‘tar kechasi Ukraina droni ko‘p qavatli turar-joy binosiga urilganini ma’lum qildi.
Zelenskiy bilan kelishish qiyinroq. Zelenskiyga ayting, Putin bilan kelishuvga rozi bo'lsin, chunki Putin buni istayapti.
"Kundalik zarurat"
Zelenskiy o‘z murojaatida aytishicha, havo mudofaasi tizimlari Ukraina uchun «kundalik zarurat». U Kievning sheriklaridan bu qurilmalarni tezroq yetkazib berishni iltimos qildi.
AQShga ittifoqchi Ko‘rfaz davlatlari o‘zlarini Eronning dron va raketa hujumlaridan himoya qilishga urinar ekan, Zelenskiy bu Ukrainani qiyin ahvolda qoldirayotganini aytib ogohlantirdi.
End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Shu bilan birga, Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘sishi oqibatida kelib chiqqan neftь inqirozi ham Rossiyaga qo‘l kelmoqda. Ukrainaga ko‘ra, bu Rossiyaning urush qobiliyatini yanada mustahkamlaydi.
Neftь narxi jahon bozorlarida bir barrel uchun 100 dollarga chiqishi ortidan, Tramp ma’muriyati narxlarni jilovlash uchun Rossiya neftiga qo‘yilgan sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi.
Moskva buni hush qarshi olgan bo‘lsa, Zelenskiy va qator Yevropa liderlari bu qarorni tanqid qilishdi.
Rossiya va Ukraina o‘rtasida to‘rt yilki davom etayotgan urushni tugatish yo‘lidagi AQSh muzokaralari Eron bilan urush tufayli izdan chiqqan.
«Zelenskiy bilan kelishish qiyinroq»
Shanba kuni NBC News telekanaliga bergan intervyusida Donald Tramp yana bir bor Zelenskiyni tanqid qildi. U Ukraina rahbari bilan kelishuvga erishish Putin bilan kelishishdan ko‘ra ancha qiyin ekanini aytdi.

Surat manbasi, Reuters
Tramp jurnalistlarning bir nechta Yevropa yetakchilari tomonidan qilingan tanqidlari haqidagi savoliga javob berayotgan edi. Ular Rossiya neftiga qarshi sanksiyalarni vaqtincha to‘xtatish qarorining to‘g‘riligiga shubha bildirganlar.
AQSh energiya narxlarini pasaytirish maqsadida tankerlarda allaqachon yuklangan Rossiya neftini sotishga ruxsat berganini aytgan.
Oq uy rahbari u "faqat dunyoga neft berishni" xohlayotganini aytdi.
"Menga neft kerak", — dedi u va qo‘shimcha qildi: sanksiyalar "inqiroz tugagandan keyin darhol qayta tiklanadi".
Shundan keyin u Ukraina prezidentini tanqid qilishni davom ettirdi:
"Men Zelenskiy kelishuvga borishni istamayotganidan hayronman. Zelenskiyga ayting, kelishuvga rozi bo‘lsin, chunki Putin buni istayapti."
Rossiya esa hamon Ukraina qo‘shinlarini Donbass hududining barcha qismlaridan olib chiqishni talab qilmoqda. Ukraina bu talabni qabul qilib bo‘lmaydigan deb hisoblaydi.






























